- 2025-12-06
- 5969
SamDPIda “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti sport zalida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi hamda Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktablar, SamDPI va ToshDIU Samarqand filiali xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.
❗️ Musobaqa institut sport klubi ko‘magida tashkil etilib, ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishga undash, talaba va o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lish, shuningdek, yoshlarda sport va sog‘lom turmush tarziga ijobiy munosabatni shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
🏆 Musobaqa yakunida g‘oliblar Samarqand shahar kasaba uyushmasi tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
