- 2025-06-26
- 5854
Shahzoda Negmatova tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova tabiiy fanlar fakultetining kimyo, geografiya va biologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda professor-o‘qituvchilarning KPI ko‘rsatkichlari va ilmiy-tadqiqot faoliyati chuqur tahlil qilindi.
Uchrashuv davomida rektor har bir professor-o‘qituvchi bilan individual suhbat olib bordi. Suhbat chog‘ida ularning ilmiy ishlari, ilmiy maqolalari, loyihalar doirasidagi faoliyati hamda KPI tizimidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘plagan ballari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF–73-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yagona yondashuv asosida tubdan takomillashtirish, maktabgacha va maktab ta’lim sohasini xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish, ta’limda uzviylik va uzluksizlikni, ilm-fan hamda amaliyot uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Shu bilan birga, pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlarini xalqaro tajribaga asoslangan holda yangilash va ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, pedagogik oliy maktablar tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tadbir yakunida KPI tizimi bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan bir guruh professor-o‘qituvchilar institut rektori nomidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati