- 2025-07-30
- 5445
Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqamli ilmiy kengash qoshida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarga institut rektori, professor Shahzoda Negmatova raislik qildi.
Unda ikki nafar izlanuvchining dissertatsiya ishlari muhokama qilindi. Umarova Feruzabonu Bobir qizi “Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari” mavzusida, Gulyamova Gulnoz Baxodirovna esa “Yosh ichki ishlar xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikasini takomillashtirish (falsafiy fanlar misolida)” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Seminar savol-javoblarga, taklif va ilmiy mulohazalarga boy ruhda o‘tdi. Unda seminar a’zolari izlanuvchilarning dissertatsiya ishlaridagi kamchiliklar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdilar.