- 2024-02-08
- 1423
Yakuniy nazorat imtihonlarida korrupsion holatlarga nisbatan qatʼiy murosasiz boʻlish lozim!
Institut Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan talabalar uchun o'tkazilayotgan yakuniy nazorat imtihonlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan korrupsion holatlarni oldini olish yuzasidan imtihonlarni tashkil etish, o'tkazish komissiyasi a'zolari hamda kafedra mudirlari o'rtasida yig'ilish o'tkazildi.
Unda mas'ullarga yakuniy nazorat imtihonlari jarayonlarida korrupsion va ta'magirlik xatti-harakatlariga yo'l qo'ymaslik, shaffoflikni ta'minlash lozimligi qayd etildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati