Samarqand davlat pedagogika institutida ilk marotaba akademik mobillik dasturi amalga oshirildi

  • 2025-09-05
  • 6551
Samarqand davlat pedagogika institutida ilk marotaba akademik mobillik dasturi amalga oshirildi
Samarqand davlat pedagogika institutida ilk marotaba akademik mobillik dasturi amalga oshirildi

2025–2026 o‘quv yilida jismoniy madaniyat ta'lim yo‘nalishining 2 nafar talabasi shartnoma asosida Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universitetida tahsil olish uchun jo‘nab ketishdi.

Talabalar Qozog‘istonga yetib borib, hamkor universitet rahbariyati tomonidan iliq kutib olindi. Ularning joylashuvi, o‘quv jarayoniga moslashuvi hamda hamkorlik bo‘yicha muzokaralarda institut vakili ham ishtirok etdi. Uchrashuvlar davomida qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy loyihalar va kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.

Mazkur tashabbus institut tarixida ilk akademik mobillik tajribasi bo‘lib, talabalar uchun yangi bilim va amaliyot imkoniyatlarini yaratadi, shuningdek, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post