- 2025-09-06
- 6951
SamDPIda magistrantlar uchun “Mustaqillik darsi” hamda “Oliy ta’limdan korrupsiyani birgalikda yo‘qotamiz!” mavzusida seminar tashkil etildi

Samarqand davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklariga qabul qilingan birinchi bosqich magistrantlari ishtirokida “Mustaqillik darsi” va “Oliy ta’limdan korrupsiyani birgalikda yo‘qotamiz!” mavzularida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalarga yangi o‘quv yilining mazmun-mohiyati, dars jarayonlarini samarali tashkil etish, o‘quv rejalari hamda magistratura bosqichida erishilishi lozim bo‘lgan ilmiy yutuqlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, magistrantlarga korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, halollik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi uqtirildi.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati