- 2025-09-24
- 5982
Samarqand davlat pedagogika institutida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Samarqand davlat pedagogika institutida yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, ularning ongida milliy va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sohibnazar Boymurodov, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash qo‘mitasi bo‘lim boshliqlari Zokir Obidov va Feruz Bekov, institut rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Ma’ruzachilar o‘z chiqishlarida yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalardan asrash, diniy bag‘rikenglikni targ‘ib etish hamda milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Shuningdek, yot oqimlarning zararli oqibatlari, axborot xurujlariga qarshi ma’rifat asosida samarali kurashish yo‘llari haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Tadbir davomida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona va mas’uliyatli foydalanish, soxta axborot va targ‘ibotlarga berilmaslik, raqamli savodxonlikni oshirish zarurligi ham ta’kidlandi.
Mazkur ma’rifiy uchrashuv institut yoshlarining dunyoqarashini kengaytirish, ularni milliy g‘oya va qadriyatlarga sadoqat ruhida, axborot xurujlariga qarshi ogoh va mustahkam e’tiqodli shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati