- 2025-09-27
- 5291
SamDPIda profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Samarqand shahar FVB hamkorligida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi doirasida ko‘rgazmali profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Unda FVB xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Tadbir davomida maxsus texnikalar namoyish qilinib, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish hamda xavfsizlik qoidalari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Bunday maxsus tadbirlar talabalarda yong‘in xavfsizligi madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati