- 2025-09-30
- 6678
O‘qituvchi va murabbiylar kuni – ma’rifat fidoyilarini e’zozlash onlari

Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu kun butun hayotini yosh avlodni ilm-ma’rifatga chorlash, ularning qalbiga ezgulik va nur olib kirishga bag‘ishlagan fidoyi ustozlarning ulkan xizmatlarini e’zozlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Tadbir davomida institut rektori Shahzoda Negmatova so‘zga chiqib, ustoz va murabbiylarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi beqiyos mehnatini yuksak qadrladi. Ustozlarning jamiyat taraqqiyoti va kelajak avlodni yetuk inson qilib tarbiyalashdagi o‘rni naqadar muhim ekani ta’kidlanib, barcha o‘qituvchi va murabbiylar bayram bilan samimiy muborakbod etildi.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati