• Kirish

“Bilim va donishmandlik insonning bezagidir” – Alisher Navoiy

  • 2024-02-09
  • 1665
“Bilim va donishmandlik insonning bezagidir” – Alisher Navoiy

     Samarqand shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻida buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy hazratlari tavalludining 583-yilligiga bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

     Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oʻqituvchilar, yozuvchi, shoirlar, talabalar va oʻquvchilar ishtirok etdi.

     Shuningdek, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti jamoasi ham ushbu tadbirda munosib ishtirok etib, shoir haykali poyiga gulchambar qo'ydi.

     Badiiy kechada, buyuk shoir ijodidan na'munalar o'qildi, turli sahna ko'rinishlari ijro etildi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING