- 2025-10-08
- 6936
Samarqand davlat pedagogika institutida talaba qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Besh tashabbus” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda institut fakultetlari jamoalari o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib bordilar

Musobaqaning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Alisher Islomov so‘zga chiqib, bunday sport tadbirlari yoshlarni jismonan chiniqtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Mazkur musobaqa talaba qizlarda jamoaviylik, do‘stlik, o‘zaro hurmat va raqobatbardoshlik fazilatlarini mustahkamlashga, shuningdek, institutda sport muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Natijalar:
🥇 — Ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi
🥈 — Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi
🥉 — Pedagogika fakulteti jamoasi
G‘olib jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati