- 2025-10-10
- 5899
"Talaba-yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar!"

Samarqand davlat pedagogika institutida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyat bo‘limi rahbari Xolbek Kubayev ishtirokida “Talaba-yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida quyidagi:
— ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri va uning salbiy oqibatlari;
— ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati;
— milliy qadriyatlarni talaba-yoshlar ongiga singdirish yo‘llari kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Seminar talaba-yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, milliy qadriyatlarni chuqur anglash va zamonaviy axborot makonidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati