- 2025-10-11
- 7016
Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan 1-son talabalar turar joyida “Tinchlik – eng buyuk neʼmat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Geografiya kafedrasi mudiri Feruza Xamroyeva tinchlik inson hayotidagi eng yuksak qadriyat, uni asrash esa har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tinchlik va barqarorlik mamlakat taraqqiyotining poydevori ekanini, yoshlarning bu yo‘ldagi mas’uliyati beqiyosligini qayd etdilar.
Tadbir davomida talabalar tinchlik, do‘stlik va bag‘rikenglik haqida fikr almashib, bu g‘oyalarni keng targ‘ib etish zarurligini bildirdilar.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati