- 2025-10-15
- 5874
Samarqand davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili uchun STEAM laboratoriyasi o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF–73-sonli “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat pedagogika institutida STEAM laboratoriyasi ish boshladi.
Mazkur laboratoriyada “Fanlararo STEAM ta’limi: mentorlar uchun zamonaviy tayyorlov kursi” dasturining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishni institut rektori, professor Shahzoda Negmatova ochib berib, STEAM laboratoriyasining “Dars – loyiha – hayot” tamoyili asosida faoliyat yuritishi fanlararo integratsiya va amaliy ta’limni rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng pedagogika fanlari doktori, dotsent Gulchexra Fauzullayeva ishtirokchilarni “Fanlararo STEAM ta’limi: mentorlar uchun zamonaviy tayyorlov kursi” dasturi mazmuni bilan tanishtirdi. Taqdimot davomida STEAM yondashuvining ta’lim jarayonidagi ahamiyati, fanlarni integratsiyalash orqali o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati