SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA ORDU UNIVERSITETI HAMKORLIGIDA YANGI KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

  • 2025-10-17
  • 5697
SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA ORDU UNIVERSITETI HAMKORLIGIDA YANGI KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA ORDU UNIVERSITETI HAMKORLIGIDA YANGI KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Ordu universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida Ordu universiteti dotsenti Murat Özkan tomonidan “Samarqand tarixi” nomli kitob nashr etildi. Asar Samarqandning boy tarixiy merosi, madaniy va sivilizatsiyaviy taraqqiyot bosqichlariga bag‘ishlangan bo‘lib, ikki tomonlama ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

“18-oktabr — Samarqand shahri kuni” munosabati bilan institut faollar zalida mazkur asarning taqdimot marosimi o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori, professor Shahzoda Negmatova, Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Ra’no Toshniyozova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Samarqand viloyati bo‘limi rahbari Xolbek Kubayev, “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi Xurshid Nurillayev, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda institut rektori so‘zga chiqib, muallif Murat Özkanga chuqur minnatdorlik bildirdi hamda barcha samarqandliklarni, professor-o‘qituvchilar va tarixchi olimlarni ushbu muhim asar nashri bilan tabrikladi.

Taqdimotda muallif kitobning yaratilish jarayoni, ilmiy izlanishlar va manbalar haqida batafsil so‘z yuritdi. Asar arxiv hujjatlari va ilk manbalar asosida Samarqand tamaddunining tarixiy qatlamlarini tiklaydi hamda uni turkiy xalqlar tarixiy-madaniy merosi bilan bog‘laydi. Shu bois, nashr Samarqand tarixshunosligi va turkiy dunyo tadqiqotchilari uchun muhim ilmiy manba sanaladi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post