- 2025-10-21
- 5732
21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Samarqand shahridagi markaziy istirohat bogʻida, hazrat Alisher Navoiy haykali yonida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lishi munosabati bilan ma'naviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda viloyat va shahar hokimligi masʼullari, yozuvchi va shoirlar, oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchi va talabalari, harbiylar, milliy madaniy markazlari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Tadbirda Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati