Har bir koordinator institutning yuzi, talabalarning ishonchli vakili hamdir!

  • 2025-10-21
  • 5660
Har bir koordinator institutning yuzi, talabalarning ishonchli vakili hamdir!
Har bir koordinator institutning yuzi, talabalarning ishonchli vakili hamdir!

Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida rektor, professor Shahzoda Negmatova Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari, iqtidorli va yetakchi talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning amaliy natijalari haqida so‘z yuritildi. Rektor talabalar muammolarini tinglab, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi.

Professor Shahzoda Negmatova koordinatorlarning institut hayotidagi o‘rni va mas’uliyatiga to‘xtalib, ularni o‘qish, ma’naviyat, tartib-intizomda namuna bo‘lishga, rahbariyat va talabalar o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik vazifasini bajarishga chorladi. Shuningdek, har bir koordinator institutning yuzi, talabalarning ishonchli vakili ekanini, ularning faoliyati orqali butun oliygohga baho berilishini ta’kidladi.

Muloqot jarayonida o‘quv jarayoni sifati, talabalar bandligi, ijtimoiy faollik, shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar hamda mavjud muammolarga yechimlar yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida rektor ishtirokchilarni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning ilmiy izlanishlari va tashabbuskor faoliyatida yutuqlar tiladi.

Mazkur uchrashuv talabalar ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom muloqot madaniyatini rivojlantirish hamda institut jamoasining birdamligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post