- 2025-10-22
- 5706
“Men donorman” — ezgulik qon tomirlarimizda oqmoqda!

Bugun erta tongda viloyat qon quyish markazida insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida “Men donorman” aksiyasi o‘tkazildi.
Ushbu ezgu tashabbusda viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlar xodimlari qatori O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand davlat pedagogika instituti boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari ham faol ishtirok etdilar.
Ular bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida qon topshirib, jamiyatda mehr, g‘amxo‘rlik va insonparvarlik tuyg‘ularini targ‘ib etdilar.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati