- 2025-10-23
- 5372
Samarqand davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida xorijiy tillarni bilish bo‘yicha fan olimpiadasi o‘tkazildi.
Olimpiada quyidagi to‘rt yo‘nalish bo‘yicha tashkil etildi:
1️⃣ Tinglab tushunish — audio material asosida 40 ta savolga javob berish;
2️⃣ O‘qib tushunish — matnlar asosida 40 ta test topshirig‘ini bajarish;
3️⃣ Yozma nutq — berilgan mavzu bo‘yicha 250 so‘zli insho yozish;
4️⃣ Og‘zaki nutq — suhbat va monolog shaklida fikr bildirish.
Mazkur musobaqada 500 dan ortiq talaba ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
🥇 — Nasulloyeva Shaxlo (Tillar fakulteti, 3-bosqich talabasi)
🥈 — Sobirova Dilnoza (Aniq va amaliy fanlar fakulteti, 4-bosqich talabasi)
🥉 — Esonjonova Madinaxon (Tillar fakulteti, 2-bosqich talabasi)
✨ 1-o‘rinni egallagan talaba respublika bosqichida Samarqand davlat pedagogika instituti sharafini himoya qiladi.
🎁 Tadbir yakunida g‘oliblar institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
