- 2025-10-27
- 5660
“Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida startap loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi
Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish hamda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida startap loyihalar tanlovi tashkil etildi.
Tanlov davomida talaba-yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik tamoyillarini mustahkamlash va shaffof boshqaruv tizimini yaratish yo‘nalishlarida o‘z innovatsion g‘oyalari hamda yechimlarini taqdim etdilar.
⚡️ Ishtirokchilar tomonidan tanlovga taqdim etilgan startap loyihalar quyidagicha baholanadi:
1-o'rinni Rayxona Abdug‘afurova – "Halol-Al" loyihasi uchun,
2-o'rinni Intizor Mamadova, (jamoasi Gulhayo Berdiyeva, Maftuna Jo‘rayevalar) – Edu.TRACE loyihasi uchun,
3-o'rinnni esa Sayyora Eshboyeva – "Edu Clear" loyihasi uchun qo‘lga kiritdilar.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
