- 2025-10-30
- 5887
Samarqand davlat pedagogika institutida “Turonbank” ATB tomonidan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi
 
                                
Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida “Turonbank” ATB tomonidan talabalarga moliyaviy savodxonlik va firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lish mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
🫥 Tadbir davomida talabalar:
🔹 ta’lim krediti olish tartibi,
🔹 bank mahsulotlaridan to‘g‘ri foydalanish,
🔹 firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lish,
🔹 shuningdek, moliyaviy xavfsizlikning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlarga 
ega bo‘lishdi
📍 Uchrashuv yakunida yoshlarga Turonbank tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar, qulay xizmatlar va loyihalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bu bilimlarning ularning kelajak faoliyatida katta ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
✨ Bunday uchrashuvlar yoshlarning moliyaviy bilimlarini kengaytirish, mas’uliyatli qaror qabul qilish va zamonaviy bank xizmatlaridan ongli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.









Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati
