- 2025-11-05
- 5717
Maktabda informatika kafedrasi filiali ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi 32-umumta’lim maktabida Samarqand davlat pedagogika instituti Informatika kafedrasining filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Filialning asosiy maqsadi maktab va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdir. Hozirda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan maktab jamoasiga metodik ko‘mak ko‘rsatilib, ochiq darslar tashkil etilmoqda hamda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.




Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
