- 2025-11-08
- 5980
“Faxriylar kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Samarqand davlat pedagogika institutida “Faxriylar kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, faxriy ustozlar, kengash a’zolari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda faxriy ustozlarning institut hayotidagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi hissasi hamda ularning taklif va tashabbuslari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalardan biri sifatida kengash raisini saylash masalasi ko‘rib chiqilib, fizika fanlari nomzodi, dotsent Muhiddin Abduahmonov “Faxriylar Kengashi” raisi etib saylandi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
