- 2024-02-15
- 2498
"Art-terapiya" mavzusida seminar-trening tashkil etildi
13-fevral kuni Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti psixologi Hafiza Roʻziyeva tomonidan talabalarning qobiliyatlarini aniqlash va ruhiy holatlarini yaxshilash maqsadida "ART TERAPIYA" mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.
Ushbu trening orqali institut talabalari chizilgan rasmlar hamda izoterapiya yo'nalishida bo'yalgan rasmlar orqali ichki kechinmalari, his tuyg'ularini ranglar orqali ifoda etdilar.
Trening so'ngida talabalarga ranglar nimani ifodalashi, yaʼni ranglar orqali insonning kayfiyati, depressiyadan chiqishda ajoyib profilaktika bo'lishi, inson qiziqishi, diqqati va xotirasini oshirishi, ko'z faoliyatini tiklashi, stressdan qutilishga yordam berishi tushuntirib o'tildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati