- 2025-11-08
- 5917
Maktabda fizika kafedrasi filiali ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi 64-umumta’lim maktabida Samarqand davlat pedagogika instituti fizika kafedrasining filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Filialning asosiy maqsadi maktab va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdir. Hozirda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan maktab jamoasiga metodik ko‘mak ko‘rsatilib, ochiq darslar tashkil etilmoqda hamda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
