- 2025-11-03
- 2337
Institut talaba-yoshlari o'rtasida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Samarqand davlat pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish hamda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminardan ko'zlangan maqsad talaba-yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik tamoyillarini mustahkamlash va yoshlarning korrupsiyaga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish hisoblanadi.
Shuningdek, #Stop korrupsiya heshtegi ostida talaba-yoshlar ishtirokida chellenj o'tkazildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
