- 2025-11-12
- 5695
"Rektor stipendiyasi" tanlovining uchinchi bosqichi bo'lib o'tdi
Samarqand davlat pedagogika institutida “Rektor stipendiyasi”ga nomzod talabalarni saralashning uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bosqichda nomzodlar institutdagi oʻqishi davrida erishgan yutuqlari hamda ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-huquqiy savodxonligi boʻyicha baholandi.
Komissiya tomonidan nomzodlarning birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichda toʻplagan ballari umumlashtirilib, eng yuqori natijaga erishganlar (fakultetlar kesimida bir nafardan) “Rektor stipendiyasi” sohibi etib tayinlanadi hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlanadi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
