- 2025-11-15
- 5695
“Besh tashabbus” doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi
Yoshlarni jismonan chiniqtirish, sportga jalb etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Samarqand davlat pedagogika institutida “Besh tashabbus” doirasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada pedagogika fakultetining 1- va 2-bosqich talabalari o‘zaro bellashishdi.
🏆 G‘olib jamoa hamda faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
