• Kirish

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

  • 2024-02-16
  • 1815

     Ayni kunlarda Samarqandda Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasi 14-yig‘ilishi oʻtkazilmoqda

     Ushbu tadbir 130 mamlakatdan 1800 dan ortiq ishtirokchini oʻziga jamlagan.

     Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, BMT Bosh kotibi o'rinbosari, tashkilotning Atrof-muhit bo'yicha dasturi (UNEP) ijrochi direktori Inger Andersen, Ko'chib yuruvchi turlar bo'yicha konventsiya ijrochi kotibi Emi Frenkel, BMTning Atrof-muhit bo'yicha Butunjahon monitoring markazi (UNEP-WCMC) rahbari Kelli Malsh, vazirlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diplomatlar, soha ekspertlari va boshqalar ishtirok etmoqda.

     Ushbu konferensiyada institutimizning tabiiy fanlar fakulteti biologiya va geografiya kafedrasi oʻqituvchilari S.Mirzaliyev, Y.Karimov. M.Ochilovalar ham qatnashmoqda

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post