- 2024-02-16
- 1803
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalari xalqaro koʻrgazmada ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda Samarqandda Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi oʻtkazilmoqda
Mazkur tadbir doirasida "Koʻchib yuruvchi noyob hayvonot olami" nomli koʻrgazma tashkil etilgan.
Bugun institutimizning tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishi 3-kurs talabalari professor-oʻqituvchilar va tyutorlari hamrohligida koʻrgazmada boʻlib, uning faoliyati bilan batafsil tanishdi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati