- 2025-11-24
- 5963
SamDPIda navbatdagi “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika instituti aniq va amaliy fanlar fakultetida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida “Kelajak soati” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot davomida, O‘zbekiston Respublikasining zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchiligi, xususan: voyaga yetmaganlarni himoya qilishga oid normativ hujjatlar, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha so‘nggi yangiliklar kabi muhim huquqiy ma'lumotlar tushuntirib berildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
