- 2025-11-27
- 5953
Shahzoda Negmatova tayanch doktoranturaga (PhD) hujjat topshirgan talabgorlarga muvaffaqiyat tiladi!
Samarqand davlat pedagogika institutida 2026-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) bosqichiga o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlar uchun barcha ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Imtihon jarayonlarining adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida live.uzfi.uz platformasi orqali onlayn translyatsiya yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, institut tomonidan zarur tashkiliy va texnik sharoitlar to‘liq yaratilgan.
Jarayonlarni bevosita kuzatgan institut rektori, professor Shahzoda Negmatova talabgorlar bilan suhbatlashib, ularga kirish imtihonlarida muvaffaqiyat tiladi!









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
