- 2025-12-02
- 5952
“Mening huquqlarim” mavzusida Kelajak soati o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Noryigit Musulmonov tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabalari bilan “Mening huquqlarim” mavzusida Kelajak soatini o‘tkazdi.
Mashg‘ulotda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar haqida aniq va tushunarli ma’lumotlar berildi — ta’lim olish huquqi, tenglik, shaxsiy daxlsizlik, fikr erkinligi hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va davlat kafolatlari yoritildi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
