- 2025-12-06
- 5877
Qonun ustuvorligi – har birimizning mas’uliyatimiz!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda harbiy xizmatchilar ishtirok etib, ular uchun Konstitutsiyaning ahamiyati, qonun ustuvorligi hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbir doirasida Samarqand davlat pedagogika instituti tarix kafedrasi o‘qituvchisi Ulug‘bek Mavlyanov ishtirokchilarga Konstitutsiya va davlat boshqaruvi tizimi bo‘yicha ma’ruza taqdim etdi. Shuningdek, zamonaviy huquqiy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga qaratilgan savol-javob sessiyalari ham tashkil qilindi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
