- 2025-12-12
- 5701
Samarqand davlat pedagogika instituti vakillarining Moskva davlat pedagogika universitetidagi malaka oshirish tashrifi yoritildi
Joriy yilning 24-noyabridan 5-dekabriga qadar Samarqand davlat pedagogika instituti biologiya kafedrasi mudiri Shuxrat Jumayev hamda kimyo kafedrasi assistenti Dilnoza Isaqovalar Moskva davlat pedagogika universitetida malaka oshirish kurslarida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Ushbu xalqaro hamkorlik doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari malaka oshirish kurslarida faol qatnashganlari munosabati bilan Moskva davlat pedagogika universiteti o‘zining rasmiy veb-sahifalarida tashrifni batafsil yoritdi.
🌐 Rasmiy veb-saytda e'lon qilingan xabar bilan tanishish: https://mpgu.su/novosti/kvalifikacii-prepodavatelej-uzbekistana/



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
