- 2025-12-17
- 5373
SamDPI akademik litseyining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Samarqand davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Noryigit Musulmonov hamda talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyev ishtirokida institut akademik litseyining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, dars jarayonlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Uchrashuv davomida dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, o‘quvchilar davomatining holati, shuningdek, o‘quv auditoriyalarining moddiy-texnik ta’minoti atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, litsey o‘qituvchilari bilan suhbatlar o‘tkazilib, o‘quv jarayonining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
