- 2025-12-17
- 5186
Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida institut huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ekspert kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tadqiqotchi Bolbekova O‘g‘iloy Jaloliddinovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Ingliz tili yo‘nalishi talabalarining og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishda Shadowing ta’lim texnologiyasidan foydalanish” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Shuningdek, mazkur ixtisoslik bo‘yicha tadqiqotchi Boysinov Soxibjon Sobirovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Aksiologik yondashuvlar asosida adabiyot darslarini tashkil etish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiyasi ham kengash a’zolari tomonidan muhokama etildi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
