- 2025-12-17
- 5504
Samarqand davlat pedagogika instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi boshlig‘i, siyosiy fanlar doktori, professor Farxod Xotamov, shuningdek institut talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun ichki ishlar tizimiga hujjat topshirish tartibi, xizmatga qabul qilish jarayonlari hamda ushbu sohadagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
