Pedagogika fakultetida “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi

  • 2025-12-17
  • 5500
Pedagogika fakultetida “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi
Pedagogika fakultetida “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi

Pedagogika fakultetida talabalarning ota-onalari ishtirokida “Ota-onalar forumi” tashkil etildi. Mazkur tadbirda Samarqand davlat pedagogika instituti rahbariyati vakillari, fakultet jamoasi hamda talabalar ota-onalari qatnashdi.

Yig‘ilish davomida farzandlarining ta’lim olishi va kelajakdagi kamolotiga befarq bo‘lmay, ularni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ota-onalarga institut rahbariyati tomonidan chuqur minnatdorlik bildirildi. Tadbirda mutasaddilar tomonidan ta’lim sifatini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy o‘quv-uslubiy yondashuvlar, talabalarni ijtimoiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash dasturlari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlar, shuningdek, iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan ilmiy va ijodiy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga, talabalar davomatini muntazam nazorat qilish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tadbir yakunida namunali xulqi, faolligi va a’lo o‘zlashtirishi bilan ajralib turgan talabalarning ota-onalariga institut rahbariyati tomonidan “Tashakkurnoma”lar tantanali ravishda topshirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post