TTJda istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olindi

  • 2025-12-18
  • 5717
TTJda istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olindi
TTJda istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olindi

Talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish hamda yotoqxona ichki tartib-qoidalariga rioya etilishi holatini nazorat qilish maqsadida tabiiy fanlar fakulteti dekani O‘ktam Mirzayev va tillar fakulteti dekani Iroda Utayevalar tomonidan 1-son talabalar turar joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida xonalar holati, tozalik, issiqlik ta’minoti, sanitariya-gigiyena talablari hamda ichki tartib-qoidalarga amal qilinishi ko‘zdan kechirildi. Talabalar bilan suhbatlashilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post