SamDPIda navbatdagi ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  • 2025-12-19
  • 6178
SamDPIda navbatdagi ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
SamDPIda navbatdagi ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti rahbariyati vakillari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–73-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 5-dekabrdagi “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari hamda o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish va ta’til davrini mazmunli o‘tkazish to‘g‘risida”gi 479-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida ijro intizomi, 2025/2026-o‘quv yilining kuzgi semestrida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar hamda talabalarning qishki ta’tilini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post