- 2025-12-20
- 5973
Yangi yil — yangi orzular va yangi marralar sari
Samarqand davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakultetida Yangi yil bayrami munosabati bilan mazkur mavzuda bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida ko‘tarinki hamda bayramona ruhda o‘tdi.
Dastur davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, milliy va zamonaviy raqslar, kuy-qo‘shiqlar namoyish etilib, do‘stlik, birlik va ezgu niyatlar badiiy ifoda etildi. Qiziqarli o‘yinlar va interaktiv chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
