- 2025-12-22
- 5982
Vazirlik ishchi guruhi SamDPI faoliyati bilan tanishdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’ati majlisining 2025-yil 12-sentabrdagi 3-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida yoshlarga oid davlat siyosati, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan vazirlik ishchi guruhi Samarqand davlat pedagogika institutida bo‘ldi.
Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari institutda olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni joyida o‘rgandilar. Jumladan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganishlar amalga oshirildi:
— talabalar turar joyining umumiy holati, yashash va maishiy sharoitlari;
— sport zali hamda fitnes klub faoliyati;
— talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari;
— tyutorlar faoliyati va talabalar bilan ishlash tizimi;
— xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyat va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
— psixologlar faoliyati hamda talabalarga ko‘rsatilayotgan psixologik xizmatlar;
— institut kutubxonalari faoliyati, axborot-resurslardan foydalanish holati.
O‘rganishlar davomida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda, ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Mazkur tashrif institutda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy hamda sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
