- 2025-12-26
- 5508
“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”
Samarqand davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida korrupsion holatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish hamda bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish maqsadida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimi Quvonchbek Otaqulov ishtirok etib, korrupsiya tushunchasi, uning jamiyat va ta’lim tizimiga salbiy ta’siri, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish yo‘llari haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, davra suhbatida talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik, adolat va mas’uliyat kabi qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi.




Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
