Yangi yil quvonchi – bolajonlar bilan!

  • 2025-12-26
  • 5954
Yangi yil quvonchi – bolajonlar bilan!
Yangi yil quvonchi – bolajonlar bilan!

Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida Yangi yil munosabati bilan bolajonlar uchun bayramona dastur tashkil etildi.

Quvonch va shodlikka boy tadbirda institut professor-o‘qituvchilari va xodimlarining farzandlari, maktab o‘quvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda mahalla bolalari ishtirok etdi.

🎁 Bayram davomida qiziqarli o‘yinlar, ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari va sho‘x raqslar namoyish etildi. Tadbir yakunida barcha bolajonlarga Yangi yil sovg‘alari ulashilib, ularga unutilmas bayramona kayfiyat tuhfa etildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post