- 2025-12-30
- 5961
Samarqand davlat pedagogika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda institutning professor-oʻqituvchilari ishtirok etib, Murojaatnomada belgilangan taʼlim va ilm-fan taraqqiyoti, yoshlar siyosati, mahalla institutining jamiyatdagi oʻrni, innovatsion hamda texnologik rivojlanish, jamiyat barqarorligi va maʼnaviy yuksalish kabi ustuvor yoʻnalishlar yuzasidan atroflicha ilmiy tahlil va fikr-mulohazalar bildirdilar.
Tadbir davomida ilgari surilgan taklif va xulosalar Yangi Oʻzbekistonni barpo etish jarayonida taʼlim muassasalari zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalarni yanada aniq belgilab berishi alohida taʼkidlandi.
Mazkur ilmiy-amaliy tadbir professor-oʻqituvchilarning faol fuqarolik pozitsiyasi, yuksak ilmiy salohiyati hamda davlat siyosatiga daxldorlik masʼuliyatini yana bir bor namoyon etdi.









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
