SamDPIda “Ish joyida stressni boshqarish va samarali muloqot” mavzusida trening tashkil etildi.

  • 2026-01-07
  • 5982
SamDPIda “Ish joyida stressni boshqarish va samarali muloqot” mavzusida trening tashkil etildi.
SamDPIda “Ish joyida stressni boshqarish va samarali muloqot” mavzusida trening tashkil etildi.

Samarqand davlat pedagogika institutida xotin-qizlar psixologi Dilafro‘z Qodirova tomonidan institut xodimlari ishtirokida “Ish joyida stressni boshqarish va samarali muloqot” mavzusida trening tashkil etildi.

Treningda ish jarayonida uchraydigan stress omillari, ularni samarali boshqarish usullari, to‘g‘ri muloqot yuritish, faol tinglash ko‘nikmalari hamda jamoada ijobiy psixologik muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulotlar interaktiv tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilar real vaziyatlar asosida fikr almashish va amaliy mashqlar orqali o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post