SamDPIda ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

  • 2026-01-09
  • 5726
SamDPIda ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
SamDPIda ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat pedagogika institutida “Xalqaro TOP–300 reytingdagi xorijiy OTMlar dasturlarida egallanadigan kompetensiyalar, maqsad va vazifalar tahlili” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda xalqaro reyting mezonlari, zamonaviy ta’lim dasturlari va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xizmat qiluvchi kompetensiyalar tahlil qilindi.

Tadbirni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Transformatsiya ofisi bosh mutaxassisi, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zohidjon Qaytarov olib bordi.

Seminar ilmiy salohiyatni oshirish va xalqaro ta’lim tajribalarini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post