SamDPId Prezident Murojaatnomasi mazmuniga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

  • 2026-01-13
  • 5729
SamDPId Prezident Murojaatnomasi mazmuniga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
SamDPId Prezident Murojaatnomasi mazmuniga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis hamda O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Noryigit Musulmonov tomonidan olib borildi. Tadbirda Murojaatnomada ta’lim tizimi, xususan, pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yuklanayotgan mas’uliyat va vazifalar alohida e’tirof etildi. Shuningdek, davlat va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida dolzarb bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar aniq belgilab berilgani, ilgari surilgan tashabbus va g‘oyalar jamiyatda ijobiy ijtimoiy muhitni shakllantirib, xalqimizning kelajakka bo‘lgan ishonchi hamda birdamligini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani atroflicha tahlil qilindi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post