- 2026-01-13
- 6018
Samarqand davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yilining kuzgi semestr yakuniy nazorat imtihonlari shaffof va adolatli o‘tkazilmoqda.
Ayni kunlarda institut talabalari va magistrantlari uchun yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilmoqda. Imtihon jarayonlari o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Elmurod Ulug‘murodov hamda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Samariddin Bobomurodovlar tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinmoqda.
Shuningdek, imtihonlar va apellyatsiya komissiyasi faoliyati ovozli kuzatuv kameralari bilan jihozlangan katta sig‘imli auditoriyalarda tashkil etilgan.
Agar yakuniy nazorat imtihonlarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, anonim tarzda xabar qoldirish uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:
📞 +998 88 878 96 78, +998 94 913 72 32, +998 95 324 24 19









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
